ARTSCURE – O’zbekiston ijodkorlarining virtual uyi hisoblanadi. Platformaning nomi ingliz tilidan olingan bo’lib ARTSCURE – yani san’at davolaydi degan ma’noni bildiradi. Bunday nom qo’yilishining sababi dunyo psixologlarining fikricha tushkinlikdagi insonlar ham biror bir san’at sohasi bilan shug’ullanishini ularga foydali ekanligi va inson asab tizimlarini meyoriy holatga keltirishini takidlab o’tishgan.
Biz ARTSCURE jamoasi O’zbekisntonda yashab faoliyat olib borayotgan tasviriy va amaliy san’at ustalarining yaratgan ijod namunalarini nafaqat O’zbekiston, balki chet el mamlakatlariga ham tanitish va sotish masalalari, hamda dunyo san’at olamida o’z o’rniga ega bo’lishlariga yordam qilamiz.
MCHJ 2020-yil 4-aprel sanadan o’z faoliyatini boshlagan. Jamiyat veb-portal oraqali istemolchilarga ijodiy ishlarini dunyo bo’ylab taqdim etish va yetkazib berish bilan shug’ullanadi. Elektron to’lov xizmatlari, harid qilish qidiruv tizimlari va qo’shimcha takliflar asosida xizmat ko’rsatish tarmoqlariga ega. Bundan tashqari Platformada bir qator qo’shimcha tizimlarni kiritish ustida faoliyat olib borilmoqda. Masalan Davlat miqyosidagi Konkurslar o’tkazish va Auksionlar faoiliyatini yo’lga qo’yishlar kiradi.
Veb-portalda rassomlar, haykaltaroshlar, hunarmandlar va boshqa ijodkorlar o’z ishlarini joylashlari va narxlashlari mumkin. Biz talab bo’yicha yuzlab ijodiy ishlarni bir zumda onlayn, mobil va real haridorlarga sotamiz. Buyurtmalarni ramkalash, qadoqlash, jo’natish, haridorlardan to’lovlarni yig’ish va ijodkorlarga foyda yuborishlarni taminlaymiz. Bu ishlarni amalga oshirish va ijodkorlar bilan bo’ladigan muloqotlar uchun hozirda biz O’zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi bilan doimiy hamkorlikda va ularning ko’magida faoliyat olib bormoqdamiz.