"Bog'bon"
  • Tabiiy rang, akvarel, tempera
  • Ijodkor
  • Ramka
    Yo'q
  • O'lcham
    35x45
  • Narx
    3,000,000 so'm
Sotib olish
Ish haqida
Ushbu minyatura “Abru bahor” uslubida ishlangan bo’lib, unda ranglarning did va mahorat bilan foydalanilgani asarning salohiyatini oshiradi. Asar ikki qismdan tashkil topgan bo’lib, biringchi qismi turli ranglarning nozik chizgilari asosida akvarelda ishlangan. Ikkinchi qismda kuz manzarasi tasvirlanib, markazda o’rta yoshli bog’bon siymosi aks etgan. Ijodkor kuz manzarasini daraxtlarning to’kilgan bargi va mevalarning g’arq pishgan holatida tasvirlagan. Bog’bon bog’dagi anorlarni saralab, ulardan zavq olmoqda. Bilamizki, anor to’kinchilik va mo’l- ko’lchilik ramzidir. Bo’gbon o’z davriga xos milliy libosda va belbog’ida kitob qistirgan holatda tasvirlangan. Bu esa uning ma’rifatli shaxs ekanligidan dalolat berib turibdi. Asarda yorqin qizil, moviy, to’q jigarrang, yashil va oq ranglardan foydalanilgan. Minyaturaga qarab, tabiatning go’zalligi va Ollohning yaratuvchanligiga tahsin o’qimasdan iloj yo’qligiga yana bir bora amin bo’lish mumkin.
  • Ish yaratilgan yil:

    2021

  • Ishning o'ziga xosligi:

    O'ziga xos ish

  • Bezatish:

    Yo'q

  • O'lcham:

    35x45

  • Ishlar seriyasi:

    Minyatura

  • Shahar:

    Buxoro

  • Toifa va usul:

    Tabiiy rang, akvarel, tempera

  • ico
    Taniqli rassom
Rassom haqida
Kengaytirish Qistartirish

Ijodkorning boshqa ishlari

Hali ish yo'q