"Bog'dagi uchrashuv"
  • Tabiiy rang, akvarel, tempera
  • Ijodkor
  • Ramka
    Yo'q
  • O'lcham
    30x41
  • Narx
    12,000,000 so'm
Sotib olish
Ish haqida
Ushbu kartinani minyaturaning go’zal na’munasi desak mubolag’a bo’lmaydi. Ijodkor asarni nafaqat go’zal, shu bilan birga ma’noli tarzda ishlagan. Asar uch qismdan iborat bo’lib, har bir qism o’ziga xos tarzda ishlangan. Birinchi qism kulrang jiloga ega akvarelda ishlangan bo’lib, ikkinchi qismdan qizil, ko’k va jigarrang chiziqlar orqali ajratilgan. Ikkinchi qism to’q yashil rangdan o’ziga xos foydalangan holda tabiat, jonivorlar, qushlar tasviri va jonivorlarning hayot tarzidan na’munalar tasvirlangan. Uchinchi va asosiy qismda bo’g’ manzarasi tasvirlanib, unda ikki yosh va ularga hizmat ko’rsatayotgan ikki ayol tasvirlangan. Tomoshabin daraxtlarning gullagan holati, yam-yashil barglari, endi sabza urib chiqqan maysalar va ochilgan gullardan bahor fasli tasvirlanganini bilib oladi. Ikki yoshning liboslaridan ular zodagonlar farzandlari ekanligini va choy ustida qizg’in suhbat qurishayotganini ko’rish mumkin. Soy yoqasidagi ikki ayol esa nafaqat ularga xizmat ko’rsatmoqda, shu bilan birga havas ila kuzatib turishibdi. Ijodkor tasvirda moviy, to’q jigarrang, yorqin qizil, to’q va och sariq, yashil ranglardan foydalanib, go’zal san’at asarini yaratgan. Minyatura “Bahor bulutlari” ma’nosini anglatuvchi “Abru bahor” uslubida ishlanganligi tabiatning uyg’onishi va sevgi kurtaklaning nish urganini ifodalaganini ko’rishimiz mumkin. Bunday asar yaratish esa ijodkorning nozik did sohibi ekanligidan dalolat berib turibdi.
  • Ish yaratilgan yil:

    2015

  • Ishning o'ziga xosligi:

    O'ziga xos ish

  • Bezatish:

    Yo'q

  • O'lcham:

    30x41

  • Ishlar seriyasi:

    Minyatura

  • Shahar:

    Buxoro

  • Toifa va usul:

    Tabiiy rang, akvarel, tempera

  • ico
    Taniqli rassom
Rassom haqida
Kengaytirish Qistartirish

Ijodkorning boshqa ishlari

Hali ish yo'q