Ish haqida
Qadimdan O’rta Osiyo xalqlari quyosh va olovni muqaddas deb hisoblab kelishgan va unga sig’inib, e’tiqod qilib kelishgan. Ushbu kartinada nafaqat olovga nisbatan e’tiqod, balki, ayol uchun muqaddas bo’lgan iffat va hayo “e’tiqodi” ham tasvirlab berilgan. Asar markaziy kompozitsiyasini yonayotgan olov va paranjiga o’ranib olgan ayol siymosi tashkil etadi. Ayol to’q yashil rangli duxoba paranjini yopingan bo’lib, libos turli naqsh va hoshiyalar bilan bezatilgan. Ayol qarshisida lov-lov yonayotgan olov tasvirini ko’rishimiz mumkin. Ijodkor tasvirni shu qadar mahorat bilan chizganki, olovdan sachrab turgan uchqunlar ham yaqqol ko’zga tashlanadi. Atrof go’yo qorong’ulikka burkangandek ko’rinsada, aslida osmonda quyosh tasviri chizilgan bo’lib, uning jilokor ranglari butun olamni egallab olgandek taassurot qoldiradi tomoshabinda. Asar bir qarashda insonni nafaqat hayratga soladi, shu bilan birga chuqur mulohaza og’ushiga ham olishi shubhasiz.
Ish yaratilgan yil:
2023
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Ramka
O'lcham:
100x120
Ishlar seriyasi:
Maishiy
Shahar:
Samarqand
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst