"Jizzax qo'zg'oloni"
  • Polestr
  • Ijodkor
  • Ramka
    Yo'q
  • O'lcham
    all size
  • Narx
    Buyurtma asosida baholanadi
Sotib olish
Ish haqida
I Jahon urushida Rossiya Germaniya va Turkiyaga qarshi ma’nosiz urushlarda oʻzining noʻnoqligi, uquvsizligi tufayli oʻrinsiz qurbonlar berib, Rossiyaning urushga taraddudi puxta boʻlmaganini koʻrsatdi. Rus qoʻmondonligi urush ogʻirligini mustamlakalar yelkasiga ortib, ularni ayovsiz ezish siyosatiga oʻtdi. Imperator Nikolay II 1916-yil 25-iyunda “Imperiyadagi rus boʻlmagan erkak aholining harakatdagi armiya rayonida mudofa inshootlari va harbiy aloqa yo’llari qurish uchun olib boriladigan ishlarga, shuningdek, davlat mudofasi uchun zarur bo’lgan boshqa har qanday ishlarga jalb qilish haqida“ farmon chiqardi. Unga koʻra, Turkiston, Sibir va Kavkaz xalqlaridan 19 yoshdan 43 yoshgacha bo’lgan erkaklarni safarbar qilish ko’zlangan edi. Bu farmonning eʼlon qilinishi aholi oʻrtasida qonli voqealarning vujudga kelishiga sabab boʻldi. 4-iyulda Xoʻjand xalqi qoʻzgʻolon koʻtardi, ayni paytda, Samarqand, Jizzax va Kattaqoʻrgʻon tumanlarida ham gʻalayonlar boshlandi. Ayniqsa Jizzax uyezdida bu voqealar uyushgan va oshkora tus oldi. Quyidagi haykaltaroshlik kompozitsiyasida Jizzax aholisi tomonidan ko’tarilgan norozilik harakatiga chiqqan mahalliy aholi tasviri ishlangan. Aholi qo’liga to’gri kelgan mehnat quroli bilan qurollangan: kimdur tesha, yana kimdur to’qmoq va bolta ushlagancha Chor Rossiyasining mahalliy mirshablariga qarshi namoyishlar qilib, farmonga norozilik bildirayotgan holati juda ishonarli ochib berilgan. Axoli yuzida g’azab, xavotir va o’z erkini qo’lga kiritish uchun bo’lgan ishonch gavdalantirilgan. Relyef burchagida qo’zg’alonchilar oilasi tasvirlangan. Ularning nigohida esa o’z erki uchun kurashayotgan bu o’g’lonlarni sog’-salomat uyga qaytib kelishi haqidagi orzu mujassam. Uo’zbek xalqining milliy erkiga, ozodligiga erishishga bo’lgan xshbu haykaltaroshlik namunasiga tikilib turib, unda ozodlik uchun kurashayotgan xalqning xohish irodasini naqadar sobit va mustahkamligini his qilishimiz mumkin.
  • Ish yaratilgan yil:

    2019

  • Ishning o'ziga xosligi:

    O'ziga xos ish

  • Bezatish:

    Yo'q

  • O'lcham:

    all size

  • Ishlar seriyasi:

    Relyef

  • Shahar:

    Jizzax

  • Toifa va usul:

    Polestr

  • ico
    Taniqli rassom
Rassom haqida
Kengaytirish Qistartirish

Ijodkorning boshqa ishlari

Hali ish yo'q