Ish haqida
Buyuk ajdodimiz Mirzo Ulug’bek, Amir Temurning nabirasi, 1447 yildan boshlab temuriylar sulolasining boshlig‘i. U o‘z davrining atoqli olimi, astronom, matematigidir. Shuning uchun ham Ulug’bek tarixga ham shoh, ham mutafakkir sifatida iz qoldirgan.
Ijodkor haykalda ham shoh, ham olimni bir siymoga jamlashga uringan va buning uddasidan ham chiqqan. Mirzo Ulug’bek viqor ila taxt ustida o’tiribdi. Ustida zarrin chopon, boshida saltanat toji. Yuzida esa olimlarga hos o’ychanlik. Balki hukumdor davlat poytaxti Samarqandga o‘sha paytning eng yaxshi bilimdonlarini chaqirib, ular yordamida rasadxona qurishni, yulduzlar katalogini yaratishni hayol qilayotgandir.
Ish yaratilgan yil:
2004
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Yo'q
O'lcham:
48x22x22
Ishlar seriyasi:
Dumaloq haykaltaroshlik
Shahar:
Samarqand
Toifa va usul:
Gips