Ish haqida
Kartina portret shaklida ishlangan bo’lib, qahramon kartinaning o’ng qismida tasvirlangan. Portretda tasvirlangan shaxs uzoq yillar sallado’zlik bilan shug’ullanganligi uchun, uning ismi va kasbi birlashib, “sallado’z Ma’ruf” nomi bilan shuhrat qozongan. Qahramon egnida ko’k rangli, yoqali ko’ylak va jigarrang jemfer, boshida esa oq rangli to’qima qalpoqda tasvirlangan. Kartinada nur va soyadan foydalanilgan bo’lib, bu uning yuz qismida yanada to’liq aks etgan. Ma’rufning yuzida o’zgacha ifoda mavjud. Uning yerga qaratilgan nigohi, lablaridagi g’amgin tabassumdan, qahramonning chuqur o’yga tolganini bilish mumkin. Orqa fonda to’q jigarrang va binafsharangdagi g’ishtli devor chizilgan. Kartina tomoshabinda go’yoki tirik insondek ko’z oldida gavdalanishi, ijodkorning haqiqiy mahorat egasi ekanligini isbotlab beradi.
Ish yaratilgan yil:
2020
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Ramka
O'lcham:
64x106
Ishlar seriyasi:
Portrait
Shahar:
Samarqand
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst