Ish haqida
Asarda rassom so’nggi jangchi qiyofasini gavdalantirgan. Askar o’zining safdoshlarining oxirgisi ekanligi biladi, ammo yuz ifodasida qatiyat, iroda va umid tasvirlanadi. Personaj butunlay qurollangan: o’ng qo’lida qalqon, tana mustahkam sovut bilan qoplangan, chap qo’lida esa tug’ tasvirlangan. Rassom kartinada hayratlanarli darajada manzaraning o'ziga xos atmosferasini - ko'z ilg’amas tonggi yorug'lik, ko'k soyalar, moviy tus berib turuvchi sovuq, baland qoyalar, quruq va jonsiz yerning tuyg'usini ajoyib tarzda yetkazishga muvaffaq bo'ldi. Har bir yigitning ona yurt himoyasidagi burchi barcha narsadan muhimroqdir, garchi bu uning so’nggi kuni bo’lsada. Muallif asarda aynan shu tuyg’ularni: vatan himoyasi, mardlik va jasoratni kuylaydi.
Ish yaratilgan yil:
2021
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Ramka
O'lcham:
60x90
Ishlar seriyasi:
Tarixiy
Shahar:
Samarqand
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst