"So'qoq"
  • Moy bo'yoqlari, xolst
  • Ijodkor
  • Ramka
    Yo'q
  • O'lcham
    80x50
  • Narx
    10,500,000 so'm
Sotib olish
Ish haqida
Ushbu asarda So’qoq dam olish maskanida yashovchi mahalliy aholining sodda hayoti, turmush tarzi va ko’chalari tasvirlangan. Asarda rassom kompozitsiyani asosiy planida tomi tunuka bilan yopilgan pastxam uylar, kichik kirish eshiklarini tasvirlaydi. Bu uylar uning egalari kabi oddiy ammo chidamli bardoshli va bag’ri keng. Uylar ortida sof tabiat manzarasi bo’y ko’rsatadi. Moviy tog’lar, sarig’ oltin tusga kirgan daraxtlar asarni yanada jozibador qilib ko’rsatmoqda. Kartina kompozitsion yechimining ulug‘vorligi va ta’sirchanligi, nim ohanglar o‘yini natijasida vujudga kelgan ranglar uyg‘unligi tomoshabinda chuqur tuyg‘ularni uyg‘otadi. So’qoq kartinasi eski qishloq qiyofasini saqlab qolgan va o‘zining g‘ayrioddiy ko‘rinishlari, ranglar palitrasining boyligi, chizmaning topilgan ritmi va tasvirning aniqligi bilan tomoshabinni o‘ziga tortadi. So’qoq tabiati ekzotizmidan hayratga tushgan rassomning o’z hissiyotlarini ushbu kartinada o'z aksini topdi.
  • Ish yaratilgan yil:

    2022

  • Ishning o'ziga xosligi:

    O'ziga xos ish

  • Bezatish:

    Yo'q

  • O'lcham:

    80x50

  • Ishlar seriyasi:

    Manzara

  • Shahar:

    Samarqand

  • Toifa va usul:

    Moy bo'yoqlari, xolst

  • ico
    Taniqli rassom
Rassom haqida
Kengaytirish Qistartirish

Ijodkorning boshqa ishlari

Hali ish yo'q