Ish haqida
Sog’inch hissi har bir tirik jon uchun ajralmas tuyg’udir. Insonlar orasida eng ko’p sog’inch hissi aynan tug’ilib- o’sgan zamini, ‘bir kaft qoni to’kilgan’ maskaniga nisbatan uchraydi. Ushbu kartinada ham aynan shu manzara aks etgan. Tasvirning biroz xira ishlanganligi va quyosh nurlarining kuchsiz tushishidan ijodkor shom vaqtini tasvirlaganini bilib olishimiz mumkin. Kartina qishloq manzarasini o’zida aks ettirgan. Markaziy kompozitsiyada tosh va tuproq ko’cha tasvirlangan bo’lib, unda yosh yigitning ko’cha bo’ylab yurib kelayotganini ko’rish mumkin. Orqa fonda qishloq ayollarining suhbat jarayoni, yashil daraxtlarning qad ko’targanligi-yu, paxsa devorli pastak uylar tasviri tushirilgan. Kartinani kuzatgan tomoshabin bir zumga bo’lsada ushbu sokin hayotni sog’inchini o’z ruhiyatiga his etmay qolmaydi.
Ish yaratilgan yil:
2022
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Ramka
O'lcham:
80x90
Ishlar seriyasi:
Maishiy
Shahar:
Samarqand
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst