Ish haqida
Tarixiy jihatdan Samarqand shahrini shartli ravishda ikki qismga - eski va yangi shaharga bo'lishgan. Eski shahar hunarmandchilik va savdo hayotining markazi bo'lgan va yangi shahar sanoat bo'lib, bog'lar, dalalar va yozgi uylar o'rnida shakllangan. Kartinada aynan eski shahar qismi tasvirlangan. Unda maishiy hayotning ajralmas qismi sanalgan savdo ifodalangan. Markazdan o’tgan tor yo’lak kartinani teng ikkiga bo’lgan. Bir tarafda savdo qilayotgan olamon, ikkinchi tarfda rastalarning orqa tarfdan ko’rinishi ishlangan. Savdo rastalari mahsulotlar bilan to’la.
Yo’lak boshida tasvirlangan olti nafar inson obrazi o’zining dinamikasi va liboshlari bilan ajralib turibdi. Ro’mol, salla, chopon va yaktak kiyib olgan personajlar kaloriti ham ularning harakati kabi turli xildir.
Ish yaratilgan yil:
2001
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Yo'q
O'lcham:
60x80
Ishlar seriyasi:
Maishiy
Shahar:
Samarqand
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst