Ish haqida
Haykaltarosh tomonidan ishlangan ushbu asar barelyef hisoblanib, material sifatida oq marmardan foydalanilgan. Unda ona va uning farzandi qiyofasi o’yib ishlangan. Bola onasi quchoqlab turibdi, ona esa uzoqlarga umid bilan tikilmoqda. Balki u o’g’lining yorug’ porloq kelajagini oldindan ko’rayotgandir. Aynan farzandi iqbolida yorug’ kunlar kelishiga umid bog’lagani, aynan shu kunlarni ishonch bilan kutayotgani kompozitsiyada o’z aksini topgan. Asarni yaratishda aynan oq marmarning tanlanishi ham kompozitsiya mazmuni ochiq bergan.
Ish yaratilgan yil:
2005
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Yo'q
O'lcham:
38x20x18
Ishlar seriyasi:
Dumaloq haykaltaroshlik
Shahar:
Samarqand
Toifa va usul:
tosh, marmar