Ish haqida
Manzara janrida ishlangan ushbu kartinada rassom yovvoyi tabiat go’zalligini tasvirlaydi. Muallif asarda issiq yoz kunlarining birida yengil bulutlar osmon bo'ylab suzib yurgan kompozitsiyani tanlab oladi. Daryo suvlarida aks etgan qitg’oqning bir tomoni oq, pushti yovvoyi gullarga to'la. Ikkinchi tomonida esa qong’ir tuproqli o’nqir-cho’nqir yo’llakka ko’zimiz tushadi. Uzoqdan oltin rangda tovlanib bug’doyzor dalasi ko’rinib turibdi. Nafis tanlangan manzaradan tashqari rassom yorug'lik effektlarini mohirona yetkazgan, ranglarni ajoyib tarzda birlashtirgan. Bu asarga o'ziga xos go’zallik beradi. Kartina juda sodda, ammo tushunarli. Unda g'ayritabiiy narsa yo'q, lekin u qalbga kirishga qodir.
Ish yaratilgan yil:
2022
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Ramka
O'lcham:
120x80
Ishlar seriyasi:
Manzara
Shahar:
Navoiy
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst
-
-
Bu asar yagona nusxada
Bu asar yagona nusxada