Ish haqida
    
 
        Nyu janrida yaratigan ushbu katinada ayol go’zalligi kuylanadi. Tog’ qo’ynida sharshara ostida cho’milayotgan qiz obrazi ideal qiyofada ishlangan. Ko’zlari yumuq, suvdan namiqqan sochlari bir-biriga yopishib qizning yelkalarini qoplagan. Oppoq, nuqsonlarsiz ishlangan tana ayolning butun go’zalligini ochib bergan. Qo’llari yordamida tanining bir qismini berkitishga harakat uning go’zalligi also berkitmaydi. Qizning ruhi xuddi orqa fonda ishlangan qoyalar orasidan sizib chiqayotgan shaffof suvdek toza, betakror. Kartinada ayol obrazini alohida ajratib ko’rsatish maqsadida rassom fonda to’q ranglardan foydalanadi. Shunda ayol ideal qomati birinchi planga chiqadi va uning go’zalligi to’sadigan hech qanday detal qolmaydi.  Kartinada rassom ayol obrazi orqali ayol go’zalligi, nafosati va tiriklikni aks ettirgan.
    
 
                Ish yaratilgan yil:
            
 
                2021
            
  
                Ishning o'ziga xosligi:
            
 
                O'ziga xos ish
            
  
                Bezatish:
            
 
                Ramka
            
  
                O'lcham:
            
 
                50x70
            
  
                Ishlar seriyasi:
            
 
                Nyu Janr
            
  
                Shahar:
            
 
                Samarqand
            
  
                Toifa va usul:
            
 
                Moy bo'yoqlari, xolst