Ish haqida
    
 
        Bog’chada deb nomlangan kartina syujeti biroz o’zgacha bo’lib, unda bog’ orasidagi oq tulpor obrazi tasvirlangan. Uning tana tuzilishi benuqson,  aniq anatomik tafsilotlarni yo’qotmagan holda ishlangan. Klassik rangtasvirda eng qiyin texnik vazifalardan biri boshqa bo'yoqlardan sof oq rang olishdir. Ayni paytda rassom otning chuqur, bulutsiz rangiga erishdi. Muallif kartina yuzasida yashil charbar shaklini hosil qilgan dararxt shoxlari orasida oq tulporni sofdillik, poklik timsoli sifatida tasvirlaydi. O’z navbatida rassom mayda detallar tavsilotini ham unutmaydi. Kartina sof ruhiyat, beg’ubor hissiyotlarni kuylaydi. Asar har qanday interyer ko’rki bo’la oladi.
    
 
                Ish yaratilgan yil:
            
 
                2021
            
  
                Ishning o'ziga xosligi:
            
 
                O'ziga xos ish
            
  
                Bezatish:
            
 
                Ramka
            
  
                O'lcham:
            
 
                70x90
            
  
                Ishlar seriyasi:
            
 
                Animalizm
            
  
                Shahar:
            
 
                Namangan
            
  
                Toifa va usul:
            
 
                Moy bo'yoqlari, xolst