Daryo bo'ylab
  • Akvarel,qog'oz
  • Ijodkor
  • Ramka
    Mavjud
  • O'lcham
    30x20
  • Narx
    3,600,000 so'm
Sotib olish
Ish haqida
Hisor tog’ manzaralari tasvirlangan ushbu asarda asosiy e’tibor tog’lar orasidan o’ziga yo’l topa olgan kichik daryoga qaratiladi. Rassom asar kaloritidan mohirona foydalangan va qish manzarasini ifodalashda o’zgacha yechimni topgan. Tog’ qoyalarida qorlar biroz erigan va yakka-yakka qo’ng’ir qoyatoshlar ko’rinib turibdi. Bu esa manzara jozibasini yanada oshiradi. Qoyalar orasida mavjlanib oqib o’tayotgan daryo doimiy harakatda bo’lgani sababli muzlab ulgurmagan. Rassom mahorati kompozitsiyani to’g’ri joylashtirishdagi mohirona yechim, hamda kalorit jozibasida namoyon bo’lgan. Asar yuzasi butunlay to’ldirilgan bo’lsada ortiqcha detal ko’zga tashlanmaydi. Asarda qishning so’nngi quyoshli kunlaridan biri tasvirlangan.
  • Ish yaratilgan yil:

    2022

  • Ishning o'ziga xosligi:

    O'ziga xos ish

  • Bezatish:

    Ramka

  • O'lcham:

    30x20

  • Ishlar seriyasi:

    Manzara

  • Shahar:

    Sh

  • Toifa va usul:

    Akvarel,qog'oz

  • ico
    Taniqli rassom
  • ico
    Bu asar yagona nusxada
    Bu asar yagona nusxada
Rassom haqida
Kengaytirish Qistartirish

Ijodkorning boshqa ishlari

Hali ish yo'q