Ish haqida
O’ziga hos dizaynga ega ushbu do’ppi tepa qism, kizak hamda jiyak qismdan tashkil topgan. Pastki jiyak qismi yashil rangli tasma ko`rinishidan iborat bo’lib, unda qizil burchakni eslatuvchi naqsh tushirilgan. Yuza qismida qator qilib ishlangan to’p chinnigul naqshi tushirilgan. Ko’k fonda yashil, qizg’ish, moviy, to’q ko’k hamda och sariq ranglar o`zaro uyg`unlashib yagona naqsh vujudga keltirilgan. Shu asnoda tajribali usta kashtachining qo`li bilan haqiqiy san’at asari paydo bo’lgan.