Erkakcha qo'shiqlar
  • Moy bo'yoqlari, xolst
  • Ijodkor
  • Ramka
    Mavjud
  • O'lcham
    50x78
  • Narx
    13,500,000 so'm
Sotib olish
Ish haqida
Ushbu kartina bosh qahramoni oddiy musulmon erkak. U qo`lida tasbeh tutgancha istig`for aytish bilan band va bu bilan buyuk yaratuvchiga shukronalik keltirayapti. Uning yuz ifodasida yuksak kamolot va murakkab hissiy kechinmalar mavjud. Robbisiga bo`lgan ishqi tufayli ma`rifat cho`qqisini zabt etgan, ammo qo`rquv hissi ham uni tark etgani yo`q. Rassom bu kompozitsya orali hayotga bo`lgan ideal qarashlarini ko`rsatib bergan. Bu esa asarni haqqoniy va jozibador chiqishiga turtki bo`lgan. Musavvir yaratgan tasvir ortiqcha unsurlardan holi, dabdabasiz. Qahramonning boshidagi do`ppisi hamda uzun choponi milliy ruhni yaqqol ko`zga tashlaydi. Bu asar orqali rassom erkak kishi uchun eng mukammal qo`shiq istig`for ekanligini tomoshabinga ochib bergan. Ranglar kaloriti ham o`zgacha. Qizil va sarg`ish Quroni Karimda alohida qayd etilgan ranglar sirasiga kiradi.
  • Ish yaratilgan yil:

    1997

  • Ishning o'ziga xosligi:

    O'ziga xos ish

  • Bezatish:

    Ramka

  • O'lcham:

    50x78

  • Ishlar seriyasi:

    Maishiy

  • Shahar:

    Samarqand

  • Toifa va usul:

    Moy bo'yoqlari, xolst

  • ico
    Taniqli rassom
Rassom haqida
Kengaytirish Qistartirish

Ijodkorning boshqa ishlari

Hali ish yo'q