Farishta o'g'risi
  • Moy bo'yoqlari, xolst
  • Ijodkor
  • Ramka
    Yo'q
  • O'lcham
    50x40
  • Narx
    7,500,000 so'm
Sotib olish
Ish haqida
Yunon mifologiyasi asosida yaratilgan ushbu kartina maishiy janrda yaratilgan bo’lib, undagi syujet sohibjamol qizni o’g’irlab ketayotgan yigit obrazi hisoblanadi. Asosiy fon sifatida ijodkor qora va qizil ranglardan foydalangan bo’lib, bu to’fon natijasida qahramonlarni o’rab olgan manzarani yanada yorqin anglashga yordam beradi. Markazda suv ustida zo’rg’a odimlayotgan oq tulpor charchoq hissidan boshi egilgan holatda aks etgan. Uning ustida esa holdan toygan tilla sochli “farishta”ni behush holatda ko’rishimiz mumkin. Bundan sarosimaga tushgan oshiq yigit afsus va iztirob bilan mahbubiga termulib turibdi. Mahorat ila tanlangan liboslar asarni yanada yorqin va jonli chiqishini ta’minlab bergan. Ijodkor qahramonlarning ichki hissiyotini go’yo tabiat bilan bog’lab qo’ygandek ularni bir butunlikda ifodalagan. Bu esa tomoshabinda kartinani “sevgi, iztirob, qayg’u va dard singani tuyg’ular ichra suzib yurgan qayiq” deb taassurot qoldiradi deb ayta olishimiz mumkin.
  • Ish yaratilgan yil:

    2007

  • Ishning o'ziga xosligi:

    O'ziga xos ish

  • Bezatish:

    Yo'q

  • O'lcham:

    50x40

  • Ishlar seriyasi:

    Maishiy

  • Shahar:

    Samarqand

  • Toifa va usul:

    Moy bo'yoqlari, xolst

  • ico
    Taniqli rassom
Rassom haqida
Kengaytirish Qistartirish

Ijodkorning boshqa ishlari

Hali ish yo'q