Ish haqida
Asarda Shahrisabz tog’lari va G’ilon daryosi tasvirlangan. Tog’lar qor bilan burkanib yanada ulug’vorlik aks ettirgan. Qirg’oqlar ham qalin qor qatlami bilan bezalgan. Oq osmon esa go’yo butun zaminni qo’llab quvvatlagandek oq rangga kirgan. Daraxtlar o’z liboslarini yechib uyquga ketgan. Kartina markazida ko’prik tasvirlanib u ikki qirg’oqni birlashtirib turibdi. Aynan u birlashtirgan qirg’oqlar yirik harsang toshlari bilan qoplanib asarga o’zgacha ruh bag’ishlamoqda.
Biz kartinada go’zal ramziy uyg’unlikni sezamiz. Bu tog'lar - buyuklik va kuch ramzi; qor, poklik ramzi sifatida, bir tuvalda birlashtirilganidir.
Ish yaratilgan yil:
2022
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Ramka
O'lcham:
45x20
Ishlar seriyasi:
Manzara
Shahar:
Shahrisabz
Toifa va usul:
Akvarel,qog'oz
-
-
Bu asar yagona nusxada
Bu asar yagona nusxada