Ish haqida
Kartinada mashhur Go’ri Amir majmuasi tasvirlangan bo’lib, unda temuriylar sulolasiga mansub kishilar dafn qilingan. Shuning uchun bo’lsa kerak inshoatga Go’ri Amir yani “Amirning go’ri” deb nom berishgan.
Asarda maqbara devorlariga zangori, havo rang va oq sirli koshinlar qoplangan, bu koshinlar geometrik shaklda terilib, ustalik bilan uyg’unlashtirilgan. Ijodkor bir-biriga mos shakllardan foydalanib, binolarning katta sathlarini mohirlik bilan bezagan. Bino qarshisida qadimiy paxsa uy tomida suhbat qurib o’tirga bir qancha odamlar obrazi ham tasvirlangan. Daraxt yonida turgan o’rta yoshli yigit esa go’yo suhbatlashayotgan kishilarni e’tiborini o’ziga jalb qilish maqsadida qo’llarini yuqoriga ko’tarib ularni chaqirmoqda. Bu esa syujetni jonli chiqishiga sabab bo’lgan.
Ish yaratilgan yil:
2021
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Ramka
O'lcham:
50x70
Ishlar seriyasi:
Manzara
Shahar:
Samarqand
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst