Ish haqida
Ushbu kartinada tabiatning go’zal qiyofasi tasvirlangan. Asar kompozitiyasida uning bahorgi qiyofasi tanlab olingan. Asosiy planda to’kin daryo va uning kichik qoyalari aks etsa, keyingi qismda quyuq daraxtzor va uni oralab bino devorlari ko’zga tashlanadi. Fon sifatida esa tabiatning ajralmas qismi mahobatli, moviy osmonga tutashib ketgan tog’lar ishlangan. Kaloritning boyligi va bir-biriga mohirona ko’chib o’tishi uning jozibasini yanada oshiradi. Yorqin bahor quyoshi hayotni uyg'otadi, yerni yoritadi, yosh, yashil kurtaklar, to‘kin daryo, yorug‘, navqiron ko‘katlar, musaffo osmon – hamma narsa bahor kelishidan quvonadi. Bahor nafasi umid va o‘zgarishlarning musaffo nafasiga o‘xshaydi.
Ish yaratilgan yil:
2005
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Ramka
O'lcham:
80x65
Ishlar seriyasi:
Manzara
Shahar:
Samarqand
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst