Hayot yo'li
  • Moy bo'yoqlari, xolst
  • Ijodkor
  • Ramka
    Yo'q
  • O'lcham
    120x120
  • Narx
    48,000,000 so'm
Sotib olish
Ish haqida
Issiq ranglar kaloritidan tashkil etgan ushbu asar mayda detallar bilan mohirona to’ldirilgan. Asarda rassom hayot qiyinchiliklarini, ayollar irodasi hamda matonatini ramziy belgilar orqali mahorat bilan ifoda etgan. Bir qaraganda tushunarsizga o’xshab ko’ringan ushbu asar o’zida juda katta ma’no aks ettirgan. Asarda birinchi planda ifoda etilgan ayol tasviri va uning boshida ko’tarib ketayotgan anor donalari ayolning ko’plab qiyinchiliklarga qaramay oilasini boshida ko’tarib, har qanday mushkulliklardan olib chiqayotganini bildiradi. Zero, anor oila ramzidir. Asarda rassom kompanovkani deyarli 80%ini egallagan qalampirlar orqali hayotning achchiq haqiqatlarini, atrofdagi insonlarning gap-so’zlari, fitna-yu, nayranglari, o’zimizga yaqin deb o’ylagan do’stu-birodarlarimizni orqamizdan beradigan qattiq zarbalarini tasvirlashga uringan. Unda hayot bir tekis emasligi, pastu-balandliklardan iborat ekani o’z aksini topgan. Hayot qalampir kabi achchiq, ammo nihoyatda go’zal. Shuning uchun ham u qadrli. Uning so’qmoqlaridan yurib o’ta olgan insongina yashash qadri nima ekanligini his qila oladi
  • Ish yaratilgan yil:

    2020

  • Ishning o'ziga xosligi:

    O'ziga xos ish

  • Bezatish:

    Yo'q

  • O'lcham:

    120x120

  • Ishlar seriyasi:

    Maishiy

  • Shahar:

    Toshkent

  • Toifa va usul:

    Moy bo'yoqlari, xolst

  • ico
    Taniqli rassom
  • ico
    Bu asar yagona nusxada
    Bu asar yagona nusxada
Rassom haqida
Kengaytirish Qistartirish

Ijodkorning boshqa ishlari

Hali ish yo'q