Ish haqida
    
 
        Latundan ishlangan ushbu ko`zacha amaliy san`atning go`zal namunasi hisoblanib, och sariq rangda tovlanadi. Suv yoki boshqa suyuqlik solish uchun mo`ljallangan. Yuzasi deyarli to`liq islimiy naqshlar bilan  bezatilgan. Tumshug`I uzun. Dastasi  qattiq metaldan bo`lib, unga ham alohida dekaratsya bilan yondashilgan va asosga biriktirib qadalgan. Bo`yni ingichka, qorni keng. O`rtasida misdan belbog` hosil qilingan. Qopqog`ida ham o`yma naqshlar ishlangan.  Bu ko`zacha  har qanday interyer uchun ajoyib bezak bo`la oladi. U o`zining ko`rinishi va  milliy shakldagi tuzilishi bilan insonning ruhiyatiga ta`sir etadi  va xush kayfiyat bag`ishlaydi.
    
 
                Ish yaratilgan yil:
            
 
                2022
            
  
                Ishning o'ziga xosligi:
            
 
                O'ziga xos ish
            
  
                Bezatish:
            
 
                Yo'q
            
  
                O'lcham:
            
 
                30 sm/550 g
            
  
                Ishlar seriyasi:
            
 
                Kandakorlik
            
  
                Shahar:
            
 
                Buxoro
            
  
                Toifa va usul:
            
 
                Metal:Latun