Ish haqida
Kartinada rassom deraza oldida turgan kulol o’g’lini tasvirlaydi. Kulolning o’g’li ekanligini bildirish maqsadida rassom asarga kichik bir detalni – ko’zani kiritadi. Agar bolaga diqqat bilan nazar solsak qishloq bolalariga xos ijtimoiy-psixologik xususiyatlarni aniq ifodalanganini guvohi bo’lamiz. U sodda va beg’ubor. Rassom bolaning e’tiborini nima jalb qilganini tasvirda ishlamaydi. Balki uni rasmdan tashqarida qoldiradi. Shuning uchun ham bola go’yo sizga qarab jilmayib turgandek taassurot uyg’otadi.
Ijodkor tomoshabinga syujetning barcha holatlarini kichik detallargacha ifodalab bera olgan. Undagi derazadan aksi ko’rinayotgan kuzgi qishloq tabiati, bolaning qo’l harakatlari va liboslari juda real va yorqin ranglar diapazonidan foydalanilgan holatda ochib berilgan.
Ish yaratilgan yil:
2019
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Ramka
O'lcham:
66x86
Ishlar seriyasi:
Maishiy
Shahar:
Navoiy
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst
-
-
Bu asar yagona nusxada
Bu asar yagona nusxada