Ish haqida
Manzara janrida ishlanga ushbu kartinada Samarqand tog’lari tasvirlangan. Ular viqorli, go’yo osmonga tenglashayotgandek. Pastda sokin oqayotgan irmoq. Tepalikda esa bir biriga tutashib ketgan daraxtlar. Ular o’z rangini yashildan qizg’ishga qarab o’zgartirmoqda. Bu bilan rassom ayni kuz fasli ekaniga ishora qilmoqda.
Irmoq yonida chavandoz tasvirlangan bo’lib, u sokin oqayotgan suvga qarab turibdi. Bu esa kompozitsiyani yanada jonlanishiga olib kelgan. Asar ranglari yorqin va sof. Shuning uchun bo’lsa kerak asar bir qarashdayoq ruhingizda tetiklik baxsh etadi.
Ish yaratilgan yil:
2018
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Ramka
O'lcham:
60x45
Ishlar seriyasi:
Manzara
Shahar:
Samarqand
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst