Ish haqida
“O’tgan umr” asari chuqur psixologik ifodaliligi bilan tomoshabin diqqatini o’ziga jalb etadi. Asarda o’tib ketgan umir keksa inson portreti, uning ichki kechinmalari, his-tuyg’ulari orqali ishonarli ochib berilgan. Kartinaga qaraganingizda umr o’tkinchi ekaniga yana bir bor amin bo’lasiz.
Rassom asarda cholning yuzidagi ajinlar orqali keksa odamning psixologik holatini yetkazib bergan. Ajinlar keng erkin chiziqlar bilan yotqizilgan, qalin soyalar to’q ranglar bilan boyitilgan. Cholning yuzi jonli, nigohlari esa mayus ko‘rinadi. Bir qarashdayoq bu insonni hayotning og’riqli sinovlariga bardosh berib o’tganini, oppoq soqol va sochlar esa umrning qisqa ekanidan darak berib turadi.
Ish yaratilgan yil:
2021
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Ramka
O'lcham:
63x82
Ishlar seriyasi:
Portrait
Shahar:
Toshkent
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst
-
-
Bu ish ARTSCURE saytida qayta sotilishi mumkin.
Bu ish ARTSCURE saytida qayta sotilishi mumkin.