Ish haqida
Ushbu kompozitsiya o'zining yorqin ranglar koloritiga boyligi bilan kishini o'ziga jalb etadi. Qishloq gilamchi ayollarining ayni qizg'in ish jarayoni tasvirlangan asarimizda besh nafar ayolning bir vaqtning o'zida birgalashib gilam to'qiyotganiga guvoh bo'lamiz. Rassom ayollar tashqi ko'rinishiga alohida e'tibor qaratib, ularni yorqin ranglardagi liboslarda tasvirlagan. Balki bu qishloq aholisi mentalitetiga xos bo'lgan poklik, halollik ramzidir nazdimizda. Aftidan, rassom asarda yana bir milliy an'anani aks ettirishga harakat qilgan chog'i, ayollardan birining yoshi ulug' bo'lib, sohada yillab tajribaga egaligi ko'rinib turibdi. Shu asnoda ma'lumki u ustoz hisoblanadi, ya'ni rassom o'zbek milliy hunarmandchiligidagi ustoz-shogird an'anasini ham tasvirlab bermoqchi bo'lgan.
Ish yaratilgan yil:
1971
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Ramka
O'lcham:
80x60
Ishlar seriyasi:
Maishiy
Shahar:
Samarqand
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst