Ish haqida
Ushbu qo`ng`iroqcha latundan (mis va ruxdan iborat qotishma) ishlangan bo`lib kandakorlikning ajoyib namunalari sirasiga kiradi. Sirtki qismida e`tiborni o`ziga jalb qiladigan ajoyib naqsh tushirilgan. Yuqorisida esa barmoq o`tkazish uchun dumaloq gardish qo`yilgan. Kalokolnik yanada jozibali chiqishi uchun ijodkor tomonidan chetlariga hoshiya berilgan. Ichki qismi laklangan bo`lib, unda sayoz naqsh chizilgan. Bundan tashqari asarning o`rta qismiga ishlangan naqshning inson yuz qiyofasiga o`xshashi ham uning yanada mukammal ko`rinishga kelishiga xizmat qilgan. Buni esa o`z navbatida qadimgi Misr firavnlari qo`lida tutib yuradigan qo`ng`iroqchalar naqsh an`analarining davomi deyishimiz mumkin. Bundan ko`rinib turibdiki, qo`ng`iroqchalar yasalish tarishi ancha qadim davrlarga borib taqaladi.
Ish yaratilgan yil:
2023
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Yo'q
O'lcham:
d 6 sm
Ishlar seriyasi:
Kandakorlik
Shahar:
Buxoro
Toifa va usul:
Metal:Latun