Ish haqida
    
 
        Manzara janrida yaratilgan ushbu kartinada mahobatli, ammo maftunkor tog’lar manzarasi namoyon bo’ladi. Asar syujeti ikki qismga bo’lingan. Birinchi qismda go’yo sariq gilam bilan qoplangan qoyalar tasvirlangan bo’lsa, ikkinchisida esa ulug’vor, bulutli moviy osmonga tutashib ketgan qorli cho’qqilar o’rin olgan. Asar yorqin kaloriti bilan tomoshabin nigohini o’ziga jalb etadi. Rassom kartina yartishda quyoshning harakati bilan yorug'lik, atmosferaning holati va tabiatning kayfiyati hisobga olgan. Bu esa kompozitsiyaning jonliligi va etyudning hayratlanarli jozibasini yaratgan. Kartina tog‘larning qudratli energiyasiga to‘yingan manzarasi bilan tomoshabinga ham energiya, ham estetik zavq bera oladi
    
 
                Ish yaratilgan yil:
            
 
                2019
            
  
                Ishning o'ziga xosligi:
            
 
                O'ziga xos ish
            
  
                Bezatish:
            
 
                Ramka
            
  
                O'lcham:
            
 
                70x70
            
  
                Ishlar seriyasi:
            
 
                Manzara
            
  
                Shahar:
            
 
                Samarqand
            
  
                Toifa va usul:
            
 
                Moy bo'yoqlari, xolst