Ish haqida
Ushbu asar issiq ranglar kaloritini keskin o'zgarishi bilan boshqa asarlardan farq qiladi. Asar syurrealizm uslubida yaratilgan bo’lib, unda rassom voqelikni ishoralar va shakllarning paradogsal birikmalari orqali ko’rsatib berishga harakat qilgan.
Asarda barcha anglaganidek insonlar vafotidan keyingi vaqt tasvirlangan. Ko'pchilikka tanish bo'lgan, ammo biz unutib qo'yadigan holat insonlar vafotidan so’ng hayot vaqtIda to’plagan biror narsalarini o'zlari bilan olib ketmasliklari, aksincha faqatgina qilgan savob va gunohlari bilan ketishlari aks etgan.
Asarda insonlarni o’z umrini suviste'mol qilmaslikka undaydi. Hayot bizga berilganligini, biz unda nafas olayotganligimizni o'zi ham katta baxt ekanini eslatib turadi. Biror yutuqqa erishishga, qandaydir cho'qqini zabt etishga hech kim va hech nima to'sqinlik qilmaydi. Ammo qanday yo'l bilan erishishni insonnning o’zi tanlaydi.
Ish yaratilgan yil:
2019
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Yo'q
O'lcham:
150x70 CM
Ishlar seriyasi:
Maishiy
Shahar:
Toshkent
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst
-
-
Bu asar yagona nusxada
Bu asar yagona nusxada