Ish haqida
    
 
        Manzara janrida ishlangan ushbu kartinada Samarqand tog’lari bag’rida joylashgan kichik qishloq tasvirlangan. Assosiy planda o’rin olgan ushbu manzara sodda turmush tarzini kuylaydi. Kartinada ishlangan bir-biriga tutashib ketgan pastxam uylar, quyuq daraxtzor, terak uchlarining yengilgina shamol sabab ohista tebranishi tasvirni jonlantiradi. Rassom ushbu figuralarga inson obrazini ham qo’shdi. Ulug’vor va mag’rur tog’lar esa fon sifatida ishlatilgan. Uning keskin, baland, osmonga tutashgan cho’qqilari uzra oppoq bulutlat suzib yuribdi.   Shu bilan birga muallif quyuq va yorqin ranglar bilan, yengil soyalar yordamida manzara konturlariga alohida urg’u berib o’tdi. Muallif asarda tabiatning nozik chizgilarini mag’rur tog’lar orasida qaynoq hayot mavjudligi, tabiatning go’zalligini mohirona tomoshabinga yetkaza olgan.
    
 
                Ish yaratilgan yil:
            
 
                2017
            
  
                Ishning o'ziga xosligi:
            
 
                O'ziga xos ish
            
  
                Bezatish:
            
 
                Ramka
            
  
                O'lcham:
            
 
                97x70
            
  
                Ishlar seriyasi:
            
 
                Manzara
            
  
                Shahar:
            
 
                Samarqand
            
  
                Toifa va usul:
            
 
                Moy bo'yoqlari, xolst