Ish haqida
Yolg’izlik deb nomlangan ushbu asar muallif tomonidan falsafiy mazmun asosida yaratilgan. Asar markazida tasvirlangan katta va uzun stol asar qahramonining bir vaqtlar katta oilasi bo’lganligi, ammo endilikda yolg’iz qolganini, stol ustidagi tort esa uni yana bir yolg’iz yilni o’tkazayotganini ko’rsatadi. Personaj qari, yoshi bir joyga borgan, xassaga tayanib qolgan qariya qiyofasida gavdalanadi. Asarda ishlatilgan kalorit qariya umrining rangsiz , ma’nosiz ekanligiga ishora qiladi. Kartinada derazadan boqayotgan oy asar qahramoniga o’xshatish sifatida gavdalantirilib, qariyaning oy kabi tanho, yolg’iz ekanligi mazmunini beradi. Bu kunda uni qutlovchilar yolg’iz oy va simyog’ochga qonib turgan kabutarlardir.
Asarda inson umri qisqa va o’tkinchi ekanligi, uni mazmunli va samarali o’tkazish kerakligini eslatib turadi.
Ish yaratilgan yil:
2022
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Yo'q
O'lcham:
50x90
Ishlar seriyasi:
Maishiy
Shahar:
Toshkent
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst
-
-
Bu asar yagona nusxada
Bu asar yagona nusxada