Izzatullayev Abrorbek 1997-yil 19-mayda Qashqadaryo viloyatining Kitob shahrida tavallud topgan.2013-yil o'rta maktabni tamomlab Qarshi San'at kollejida o'qishga kiradi.2016 yil kollejni tamomlagach 2016-2018 yillarda o'qituvchi va 2018-2022 yillarda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida tahsil oladi.u yerda ko’pgina konkurs va xalqaro tanlovlar ishtirokchisi va g'olibi bo’lgan.
Jumladan: 2020-yil O'zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan o’tkazilgan tasviriy san'at festivalida 2-o'rin g'olibi.
2020-yili O'zbekiston Badiiy akademiyasi O'zbekiston yosh ijodkorlar uyushmasi a'zosi.
2020-yil Madaniyat va San'at qo'mitasi tomonidan o'tkazilgan "San'at-qudratli kuch" tanlovida 3-o'rin g’olibi.
2020- yil O'zbekiston Boks Federatsiyasi tomonidan o'tkazilgan Bokschilar g'alabalari rang tasvir jilolarida ishtirok etgani uchun "Bokischilar unvoni" bilan taqdirlangan.
2021-yil Qozog'iston va O’zbekiston davlatlari hamdo'stligida "Altin Alma-2021" konkursda Sertifikat bilan taqdirlangan.
2021- yili Ozarbayjonning Qorabog' diyori rassomlari bilan qo'shma Ozarbayjon-O'zbekiston rasmlar tanlovida 3-o'rin diplom sohibi.
2021-yili O'zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi tomonidan o'tkazilgan "Navqiron O'zbekiston" tanlovida Sertifikat bilan taqdirlandi.
2020-2022 yil bo'lib o'tgan "Tabiat va Rassom" ko’rgazmasi va ko’plab boshqa tanlov ko'rgazmalarda ishtirok etib keladi.