img
Mariya Melnikova Nikolayevna
Melnikova Mariya Nikolayevna 1987-yil 24-oktabrda O’zbekiston Respublikasi poytaxti - Toshkent shahrida tug’ilgan. 2004 va 2012 yillar oralig’ida Respublika san’at kollejida va Kamoliddin Bekzod nomidagi san’at va dizayn institutida mahobatli rangtasvir yo’nalishida tahsil olgan. 2012-yil 1-musiqa va san’at maktabida tasviriy san’at yo’nalishida dars bergan va shu bo’limning boshlig’i bo’lgan. 2016-yil ”Muses” san’at studiyasiga asos solgan va har xil davlat ko’rgazmalarida ishtirok etgan. Amerika elchixonasida o’zini shaxsiy ko’rgazmasini tashkil qilgan. Badiiy akademiyada 8-martga bag'ishlangan ko'rgazma va Toshkentdagi Muqaddas Uspiya cherkovidagi ko'rgazma tashkilotchisi. “Ustoz va shogird“ ko’rgazmasini O’rol Tansiqbayev muzeyida tashkil etgan. O.I.Bedritskiy bilan birgalikda Tandemda “Vis-à-vis” Ikki qarash - ko’rgazmasini T.Ilhom foyesida tashkil etishgan. 2014-yildan Badiiy akademiya qoshidagi Badiiy Ijodkorlar uyushmasining yosh rassomlar bo’limiga a’zo bo’lgan va hozirda rassomlar bo’limi a’zosi. 2019-yil Qozog’iston Respublikasining Petropavlovsk shahrida tashkil etilgan “Botay-Buyuk cho'l madaniyati” xalqaro simpoziumida qatnashgan. Uning san’at asarlari O’zbekiston, Qozog’iston Avstriya, Amerika va Rossiya shaxsiy kolleksiyalarda saqlanadi.
Kengaytirish Qistartirish
Rassomning ishi Sotilgan ishlar
2 Ishlar
#39
Shishalar
Shishalar
  • Mariya Melnikova Nikolayevna
  • 70x100
  • Natyurmort
5,940,000 so'm
#40
"Ruscha" natyurmort
"Ruscha" natyurmort
  • Mariya Melnikova Nikolayevna
  • 60x80
  • Natyurmort
5,280,000 so'm