Ish haqida
Ushbu kartinada kelajak haqidagi o`y va tasavvurlar mujassamlashgan. Ijodkor 2050-yilni qora fonda tasvirlaydi. Qora mohiyatan buyuklik, tushunarsizlik va yo’qlik ma`nosida kelgan. Unda abadiylik ramzi mavjud. Bu yerda hech narsa mavjud emas, hech narsa harakatlanmaydi, mutlaqo shakl yo`q. Ammo manashu yo`qlik ichida yorug`likning zarrin nurlari paydo bo`ladi va u albatta kelajak haqidagi o`ylarimizni yaxshi tomonga o`zgartiradi. Asardagi asosiy g`oya kosmosning spermatistik tuyg`usini ko`rsatib berishda ya`ni abadiy o`zgarmas yer va osmon birligini, unda albatta yorug`likka erishish mumkinligini anglatgan. Eng yuqori qismida yulduz uchishi tasvirlangan. Bu esa yorug`likning davom etishi va kelajakda ham so`ngan yulduzlar o`rnini boshqa yulduzlar egallashini ko`rsatadi. Atrofdagi mitti yulduzchalar esa yaxshilikka, ezgulikka ishora qilgan.
Ish yaratilgan yil:
2021
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Ramka
O'lcham:
95x110
Ishlar seriyasi:
Maishiy
Shahar:
Samarqand
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst