Ish haqida
Ushbu asar maishiy janrda ishlangan bo`lib, oddiy xalq hayotidan olingan. Bu yerda asosan hayot tashvishlari bilan yelib-yugurayotgan odamlar tasvirlangan. Ular tirikchilik vajidan bozorga ketayapti, kimdir ulovda, yana kimdir piyoda. Har birining chehrasida o`z muammolari aks etib turibdi. Ularga tikilganinggiz sari qahramonlar ruhiyati bilan yaqinroq tanishib borasiz. Bozorchilar bayramona shukuh bilan, sunray chalib borishmoqda. Har bir obrazning milliy libosda ekanligi ham kartinaning mohiyatan ustunligini ko`rsatadi. Asarda ranglar uyg`un, o’zaro mutanosib holda tasvirlangan.
Yo`l chetidagi daraxtlarning yashil rangdan qizg`ish tusga kirib borayotganining o`ziyoq hayot shiddat bilan o`tib borayotganini, biz ham xuddi ijodkor tasvirlagan bozorchilar singari bu ulkan olamning o’tkinchi obrazlari ekanligimizni eslatib turadi. Bu hayotga kelib biz ham ulardek o’z mehnatimizni ma’lum narxda baxolab sottik yoki sotib oldik. Lekin bu bilan to’xtab qolmadik yurishni davom ettik.
Ish yaratilgan yil:
2020
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Ramka
O'lcham:
100x80
Ishlar seriyasi:
Maishiy
Shahar:
Termiz
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst