"Chavandoz ayol"
  • Moy bo'yoqlari, xolst
  • Ijodkor
  • Ramka
    Mavjud
  • O'lcham
    100x103
  • Narx
    22,000,000 so'm
Sotib olish
Ish haqida
Rassom asarda chavandoz ayol qiyofasini gavdalantiradi. Unda tabiat qo’ynidagi ot ustida chavandoz ayol, uning chap tomonida esa ot uzangini ushlab turishga shay obraz ishlangan. Bilamizki, odatda chavandozlik bilan erkaklar shug’ullangan va bu ulug’vorlik belgisi hisoblangan. Rassom o’zgacha tanlov orqali chavandoz ayol obrazida yovvoyi kuchni bo'ysundiruvchi go'zallikni tasvirlashga harakat qilgan. Bu Sharq xalqlari madaniyatiga xos jihatlardan biridir. Rassomning mahoratini nafaqat tanlanagan yorqin kalorit balki, mayda detallarga qadar e’tibor berilganidan ko’rishimiz mumkin. Ayol chavandoz yuz ifodasi aniq sezilmasada, tomoshabin uning libosi, ot jilovidagi mayda qilib terilgan munchoqlar orqali uning ayol kishi ekanligini sezishi mumkin. Asar bir vaqtning o’zida qudrat, ulug’vorlikni go’zallik va nafosat bilan uyg’unlashtirilgan.
  • Ish yaratilgan yil:

    2023

  • Ishning o'ziga xosligi:

    O'ziga xos ish

  • Bezatish:

    Ramka

  • O'lcham:

    100x103

  • Ishlar seriyasi:

    Maishiy

  • Shahar:

    Samarqand

  • Toifa va usul:

    Moy bo'yoqlari, xolst

  • ico
    Taniqli rassom
Rassom haqida
Kengaytirish Qistartirish

Ijodkorning boshqa ishlari

Hali ish yo'q