Ish haqida
Rassom tomonidan ishlangan ushbu asarda eski shahar manzarasi gavlanagan. Kartinada real voqelik, sokinlik va o’tmish kechinmalari ruhi sezilib turadi. Peyzajda tasvirlangan eski tunuka tomli pasxam uylar, tuproqli yo’l o’sha davr kayfiyatini beradi. Asar markazida mohirona tasvirlangan yoz quyoshining yorqin nurlari hamda daraxtdan tushayotgan soya qoq peshin payti ekanligini ko’rsatadi. Eshik oldida o’tirgan qariya kimnidir kutayotgandek go’yo. Ayni mahalda asar manzarasi ko’pchilikning bolalalik davrlarini jonlantiruvchi xotiralarni uyg’otadi.
Rassom o'z asarida nafaqat eski shahar manzarasining go'zalligini, balki sog’inch his-tuyg'ularini ham mohirona yetkaza olgan.
Ish yaratilgan yil:
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Yo'q
O'lcham:
50x40
Ishlar seriyasi:
Manzara
Shahar:
Samarqand
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst