"Haqiqat kaliti"
  • Moy bo'yoqlari, xolst
  • Ijodkor
  • Ramka
    Mavjud
  • O'lcham
    100x100
  • Narx
    21,600,000 so'm
Sotib olish
Ish haqida
Ushbu natyumortning orqa fonini turli ranglarning uyg’unlashuvidan hosil bo’lgan butunlikka, osmonda uchib yurgan bulutlarga, hatto sokin turgan dengizga qiyoslash mumkin. Go’yo bir qancha to’rtburchak panellar ma’lum qoida asosida tizilib turgandek ta’assurot qoldiradi kishida. Kartina markazida “oliy hakam” bo’lmish vaqtni belgilovchi bir necha xil soatlarni jamlanganini ko’rishimiz mumkin. Tasviriy san'atda soat hayot, vaqt va umr ma'nolarini ifodalaydi. Muallif turli soatlarning millarini turlicha tasvirlagan. Bu esa har bir inson hayot soatlari turlicha ekanligi, yaxshimi - yomonmi umr o'tib borishi, hammaning o'z vaqt chegarasi bor ekanligini bildiradi. Natyumortning o'ng tarafida tasvirlangan chiroq "hayot shamchirog'i" bo'lib, uning yonishi va o'chishi vaqt bilan bog'liq ekanligini ko'rsatgan. Chap tarafdagi kalit esa vaqtni, umrni, hayot chegarasini belgilab, nazorat qiluvchi, tartibga solib turuvchi "hayot kaliti" shuningdek “haqiqat kaliti” ekanligini tomoshabin hayrat bilan tomosha qiladi va ijodkorning umr haqidagi qisqa, biroq ulkan ma'noni izohlagan asariga tahsinlar o'qishi shubhasiz.
  • Ish yaratilgan yil:

    2021

  • Ishning o'ziga xosligi:

    O'ziga xos ish

  • Bezatish:

    Ramka

  • O'lcham:

    100x100

  • Ishlar seriyasi:

    Natyurmort

  • Shahar:

    Jizzax

  • Toifa va usul:

    Moy bo'yoqlari, xolst

  • ico
    Taniqli rassom
Rassom haqida
Kengaytirish Qistartirish

Ijodkorning boshqa ishlari

Hali ish yo'q