"Hijron"
  • Moy bo'yoqlari, xolst
  • Ijodkor
  • Ramka
    Mavjud
  • O'lcham
    80x90
  • Narx
    51,000,000 so'm
Sotib olish
Ish haqida
Kartina manzara janrida ishlangan bo'lib, unda o'zgacha ruh va his yashiringandek ta'assurot qoldiradi kishida. Asarda ilk ko'zga tushadigan kompozitsiya uzoqlarga tikilib, kimnidir kutayotgan ayol tasviridir. Uzoq hijrondan iztirob chekkan go'zal, hali - hanuz yorining yo'liga ko'z tikayotgan holatda gavdalantirilgan. Quyosh ham ayolning dardini his qilgani kabi shafaq to'nini qizillikka burkagancha atrofni o'rab olgandek go'yo. Orqa fonda qadimiy Samarqandning qad rostlagan go'zal va ko'rkam binolari, so'lim bog'lari ko'zga tashlanib turibdi. Biroq ayol uchun bu hashamatlar hech bir qiymatga ega emas. Ayol uzoq cho'l manzarasiga nigohini tikkan holatda o'tiribdi. Atrofni bir gala qushlar o'rab olsada, ayol tergan o'tin shohida ulardan o'zgacha qush g'oyo yoridan xabar olib kelgan "xabarchi" timsolida tasvirlangan. Asarda qizil, moviy, ko'k, yashil ranglardan foydalanilgan bo'lib, bu ranglar takrorsiz go'zallikni hosil qilgan. Ijodkor kartinaning har bir chizgisida inson hislarining so'z bilan ta'riflab bo'lmaydigan chiziqlarini yarata olgan.
  • Ish yaratilgan yil:

    2023

  • Ishning o'ziga xosligi:

    O'ziga xos ish

  • Bezatish:

    Ramka

  • O'lcham:

    80x90

  • Ishlar seriyasi:

    Manzara

  • Shahar:

    Samarqand

  • Toifa va usul:

    Moy bo'yoqlari, xolst

  • ico
    Taniqli rassom
Rassom haqida
Kengaytirish Qistartirish

Ijodkorning boshqa ishlari

Hali ish yo'q