Ish haqida
Hattotlik san`atining betakror namunalaridan biri hisoblangan ushbu kartinada “Ixlos” (“xolis qilish” degan ma`noni anglatadi) surasi o`z aksini topgan. Ushbu sura ikki dunyo saodatini beruvchi Kalomullohning 112-surasi bo`lib, Makkada nozil bo`lgan. “Ixlos “ surasi asar markazida joylashtirilgan, yuqori qismdagi o`ng tarafida Olloh va chap taraflarda esa Muhammad so`zlari tillarang harflar bilan yozib qo`yilgan. Asarda suraning to`rt oyati ham tasvirlangan bo`lib u kufiy xati asosida dumaloq tarzda yozilgan,. Asosiy kalorit sifatida oq rang tanlangan, chunki bu rang aynan ezgulik va soflik ramzi hisoblanadi. Kartinaning pastki qismida moviy hamda tillarang bilan bezalgan o`zbekona naqsh tushurilgan.
Ish yaratilgan yil:
2023
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Ramka
O'lcham:
80x80
Ishlar seriyasi:
Xattotlik
Shahar:
Namangan
Toifa va usul:
Mo'yqalam, turli ranglar