"Kechki sumalak" 1
  • Moy bo'yoqlari, xolst
  • Ijodkor
  • Ramka
    Mavjud
  • O'lcham
    80x90
  • Narx
    55,000,000 so'm
Sotib olish
Ish haqida
Kartinada milliy an’ana va qadryatlarimizni o’zida mujassam etgan sumalak pishirish jarayoni aks etgan. Ijodkor asarni uchlik shaklida yaratgan bo’lib, suratlarda alohida holat chizilgan bo’lsada, ma’nosi bir butunlikni ifodalaydi. Birinchi asarda “Navro’z” bayramining an’anasiga aylangan varrak uchirish jarayoni gavdalantirilgan. Rassom siniq chizgilar bilan butun bir maydonni aks ettira olgan. Markazda varrakni uchirishga tayyorlanayotgan bolalar, chap tarafda ukasini opichlab tomoshaga olib chiqqan opa, orqa fonda varrak uchishini tomosha qilayotgan yigit obrazlari aks etgan. Ijodkor asarlarni oq-qora, to’q sariq, jigarranglarda tasvirlagan. Daraxtlarning kurtak ochayotgan va gular bilan burkangan holati uch asarda ham chizilgan bo’lib, bu go’yo bir filmning uch qismidek insonda ta’assurot qoldiradi. . Uchayotgan “bahor elchilari” ya’ni qaldirg’ochlarning uchishi esa g’o’yo bahor faslining mayin kuyini inson qalbiga chalayotgandek hisni uyg’otadi.
  • Ish yaratilgan yil:

    2013

  • Ishning o'ziga xosligi:

    O'ziga xos ish

  • Bezatish:

    Ramka

  • O'lcham:

    80x90

  • Ishlar seriyasi:

    Maishiy

  • Shahar:

    Termiz

  • Toifa va usul:

    Moy bo'yoqlari, xolst

  • ico
    Taniqli rassom
Rassom haqida
Kengaytirish Qistartirish

Ijodkorning boshqa ishlari

Hali ish yo'q