Ish haqida
Kartinada milliy an’ana va qadryatlarimizni o’zida mujassam etgan sumalak pishirish jarayoni aks etgan. Ijodkor asarni uchlik shaklida yaratgan bo’lib, suratlarda alohida holat chizilgan bo’lsada, ma’nosi bir butunlikni ifodalaydi.
Ikkinchi kartinada qishloq ayollarining sumalak pishirish jarayoni tasvirlangan. Qozon atrofida yig’ilgan uch nafar ayollar milliy uslubda kiyinishgan bo’lib, boshlaridagi qalpoq va ro’mol, egnilaridagi atlas ko’ylak va uzun yengli jelaklari milli o’zbekona ruhiyatni ochib bergan. Ijodkor orqa fonda sayl tantanasidan bahra olayotgan siymolar, ularning mamnun chehrasi, uyg’onayotgan tabiatning mayin shabbodasini nozik chizgilar bilan tasvirlay olgan.
Ijodkor asarlarni oq-qora, to’q sariq, jigarranglarda tasvirlagan. Daraxtlarning kurtak ochayotgan va gular bilan burkangan holati uch asarda ham chizilgan bo’lib, bu go’yo bir filmning uch qismidek insonda ta’assurot qoldiradi. . Uchayotgan “bahor elchilari” ya’ni qaldirg’ochlarning uchishi esa g’o’yo bahor faslining mayin kuyini inson qalbiga chalayotgandek hisni uyg’otadi.
Ish yaratilgan yil:
2013
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Ramka
O'lcham:
80x90
Ishlar seriyasi:
Maishiy
Shahar:
Termiz
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst