"Kechki sumalak" 3
  • Moy bo'yoqlari, xolst
  • Ijodkor
  • Ramka
    Mavjud
  • O'lcham
    80x90
  • Narx
    55,000,000 so'm
Sotib olish
Ish haqida
Kartinada milliy an’ana va qadryatlarimizni o’zida mujassam etgan sumalak pishirish jarayoni aks etgan. Ijodkor asarni uchlik shaklida yaratgan bo’lib, suratlarda alohida holat chizilgan bo’lsada, ma’nosi bir butunlikni ifodalaydi. Uchinchi kartinada davrada doira chalayotgan ayollar va rubob chalayotgan kishi, ularning atrofida esa musiqa ohanggiga quloq tutgan davra ahli aks etgan. Ular Sumalak pishishini kutib tong otguniga qadar bayram qilishmoqda. O’ng tarafda osh suzayotgan ikki oshbaz, yuqoriroqda go’dagiga alla aytib uxlatayotgan ona, chap qismda eshakka mingashib yo’lga chiqqan yo’lovchi, quyi qismda qo’lida meva to’la idishni olib ketayotgan yigit tasvirlangan. Barcha tasvirlar so’lim va go’zal qishloq manzarasi-yu, undagi ahillik va birdamlikda bayram uyushtirayotgan qishloq aholisi tasvirlangan. Ijodkor asarlarni oq-qora, to’q sariq, jigarranglarda tasvirlagan. Daraxtlarning kurtak ochayotgan va gular bilan burkangan holati uch asarda ham chizilgan bo’lib, bu go’yo bir filmning uch qismidek insonda ta’assurot qoldiradi. . Uchayotgan “bahor elchilari” ya’ni qaldirg’ochlarning uchishi esa g’o’yo bahor faslining mayin kuyini inson qalbiga chalayotgandek hisni uyg’otadi.
  • Ish yaratilgan yil:

    2013

  • Ishning o'ziga xosligi:

    O'ziga xos ish

  • Bezatish:

    Ramka

  • O'lcham:

    80x90

  • Ishlar seriyasi:

    Maishiy

  • Shahar:

    Termiz

  • Toifa va usul:

    Moy bo'yoqlari, xolst

  • ico
    Taniqli rassom
Rassom haqida
Kengaytirish Qistartirish

Ijodkorning boshqa ishlari

Hali ish yo'q