Ish haqida
    
 
        O’zbek oilasining asosiy o’ziga xos xususiyatlari mehmondo’stlik, kattalarga an’anaviy hurmat-ehtiromi hisoblanadi. Ushbu kartinada ham ijodkor ana shunday tuyg`ularni ko`rsatib bergan. Olisdan to`y karvoni yo`lga chiqqan, yaqinlari kelinni yangi uyi tomon olib ketishmoqda.  Bunda har bir obrazda o`ziga xoslik mavjud. Karvon boshida  qariya tasviri voha madaniyatiga xos hamjihatlik, yoshi ulug’larga nisbatan xurmatni ko’rsatib turibdi. Qarindoshlar kelinni sepini tuyaga ortib borishmoqda. Biz bilamizki tuya qat`iyat va ishonch ramzi hisoblanadi. Insonda aynan shular bo`lsagina o`ylagan maqsadiga erishadi. Aynan shunisi bilan ijodkor tomoshabinni birdamlikka chorlaydi. Asarda surnay chalib ketayotgan odam, bir qancha ayollar va to`y uchun atalgan qo`ylarni ham ko`rishimiz mumkin. Bu ham urf-odatlatimizni butun boricha ko`rsatib bergan.
    
 - 
                Ish yaratilgan yil:
             - 
                2005
             
- 
                Ishning o'ziga xosligi:
             - 
                O'ziga xos ish
             
- 
                Bezatish:
             - 
                Ramka
             
- 
                O'lcham:
             - 
                50x40
             
- 
                Ishlar seriyasi:
             - 
                Maishiy
             
- 
                Shahar:
             - 
                Termiz
             
- 
                Toifa va usul:
             - 
                Qog'oz, moybo'yoq