Ish haqida
Ushbu minyatura sokinlik va hotirjamlikni sevuvchi insonlarni e’tiboridan chetda qolmasligi aniq. Chunki unda ayna shu holat aks ettirilgan. Kartina uch qismga ajratilgan bo’lib, qismlar ichma-ich tasvirlangan. Ijodkor birinchi qismni akvarel yordamida och jigarrang bilan sayqallagan bo’lsa, ikkinchi qismda yorqin yashil va oq rangdan mohirona foydalanib, tabiatning go’zal manzarasi va undagi jonivorlar tasvirini aks ettirgan. Markazda jilg’a yoqasidagi majnuntol soyasida kitob mutolaa qilayotgan yosh o’spirin tasvirlangan. Aynan u kompozitsiya asosini tashkil qilgan. Uning liboslaridan o’spirinning zodagon oila farzandi va balog’at yoshida ekanligini anglash mumkin. U shu qadar kitob mutolaasiga berilganki, go’yo tabiat bilan uyg’unlashib ketgandek.