Ish haqida
Haykaltarosh tomonidan ishlangan ushbu portretda yosh, masuma qiz qiyofasi tanlab olingan. Asarda bir qarashda tomoshabinni qizning nigohidagi o’ychanlik o'ziga jalb qiladi: oq teri, chiroyli masum ko'zlar, nigohlardagi hotirjamlik. Muallif tomonidan tasvirlangan qizning qiyofasi: ingichka lablar va to'ldirilgan yonoqlar, qalin quyuq, ammo tartiblangan qoshlar, yoyilib peshonaning bir qismini egallab turgan mayin sochlar va sirli nim tabassumi o’zbek qizlari portretini gavdalantirgan desak yanglishmagan bo’lamiz. Asar gipsdan ishlangan bo’lib, qahramon qiz qiyofasi maxsus tagkursiga biriktirilgan. Haykaltaroshning ishlash texnikasi, mohirona tanlangan qiyofa bu portretini juda real, jonli tarzda ifodalanishini taminlagan.
Ish yaratilgan yil:
2022
Ishning o'ziga xosligi:
Yo'q
Bezatish:
Yo'q
O'lcham:
Ishlar seriyasi:
Dumaloq haykaltaroshlik
Shahar:
Toshkent
Toifa va usul:
Polestr