Ish haqida
    
 
        Kulolchilikning asosi tuproq bo`lib, kelib chiqishi va tarkibi turlicha bo`lgan tuproqlardan turli xil buyumlar yasaladi. Ushbu san`at asari qizil loydan ishlangan va nafisligi bilan ajralib turadi.  Bu kichik haykalchalar an`anaviy suvenerlardan farqli ravishda milliyligimizni o`zida mujassamlashtirgan. Ular musulmon Sharqi musiqasining asosi hisoblangan “Maqomni” ijro etishmoqda.  Qo`llarida esa musiqaga muayyan balandlik va ohangdorlik baxsh etadigan vosita hisoblangan likopcha ushlab olishgan. Bu faqat o`zbeklarga xos xususiyat hisoblanadi.  Liboslarida ham Sharqona uslubni ko`rishimiz mumkin. Ijodkor o`z qahramonlarini uzun chopon va belqas bog`lagan holda tasvirlangan. Bu kabi ijod namunalari har qanday tomoshabinni o`ziga jalb qila oladi
    
 - 
                Ish yaratilgan yil:
             - 
                2023
             
- 
                Ishning o'ziga xosligi:
             - 
                O'ziga xos ish
             
- 
                Bezatish:
             - 
                Yo'q
             
- 
                O'lcham:
             - 
                36x40
             
- 
                Ishlar seriyasi:
             - 
                Kulolchilik
             
- 
                Shahar:
             - 
                Termiz
             
- 
                Toifa va usul:
             - 
                sopol