Ish haqida
Ushbu kartina realizmning yorqin namunasi bo`lib, unda ijodkor hayotdan saralab olgan muhim voqeani oddiy va sodda ko`rinishda aks ettirgan. Asarda o`y-xayollar girdobida o`tirgan yosh o`spirinning eshik ortidagi hayotga ma`noli boqib turgani tasvirlangan. U bolalik dunyosidan katta hayotga qadam tashlashi kerak, lekin tashqarida uni nimalar kutib turganini bilmaydi. Bola atrof u ko`rib turgandek sokin va samimiymi yoki o`sha samimiyat ichida nimalardir yashiringanmi degan savollarga javob izlagandek atrofni kuzatayapti. Rassom qahramonning endi kurtak ochayotgan orzularini o`z tasavvuri bilan to`ldirishga harakat qilgan. Ularni amalga oshish yo`li sifatida eshikni ochiq holda ko’rsatgan.
Asarda ranglar bir-biriga mutanosib holda tasvirlangan. Tashqaridagi moviy, yashil hamda sariq ranglar yaxshilik va yomonlik doimo yonma –yon yurishini ko`rsatib turibdi. Uy ichidagi sokinlik hamda qizil rang mehrni, kuchni ifodalab bolaning uyida mehr ham, energya ham yetarlicha bo`lishiga ishora qilyapti.
Ish yaratilgan yil:
2020
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Yo'q
O'lcham:
60x70
Ishlar seriyasi:
Maishiy
Shahar:
Toshkent
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst